Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Xitoy sun’iy intellekt bo‘yicha ilk muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda — «Reuters»

AQSh va Xitoy sun’iy intellekt bo‘yicha ilk muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda — «Reuters»



AQSh va Xitoy Tramp Oq uyga qaytganidan beri faqat sun’iy intellekt masalalariga bag‘ishlangan ilk rasmiy ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Muzokaralar sentyabr oyi o‘rtalarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

AQSh delegasiyasiga moliya vaziri Skott Bessent boshchilik qilishi kutilmoqda. Xitoy tomonidan esa bosh vazir o‘rinbosari Xe Lifen yoki yuqori martabali amaldor Din Syuesyan ishtirok etishi mumkin.

Vashington sun’iy intellektdan foydalangan holda kiberhujumlarni monitoring qilish sohasida hamkorlikni muhokama qilmoqchi. Shuningdek, AQSh sun’iy intellekt laboratoriyalariga kiberxatarlarni kamaytirish maqsadida ma’lumot almashish va qoidalarga rioya etilishini mustaqil ravishda nazorat qilishni taklif qilgan.

Ayni paytda «Maykrosoft»ning sobiq yuqori martabali rahbari Kreyg Mandi muloqot arafasida ikki tomon o‘rtasida vositachilik qilmoqda.

Kiritildi: 17:21 05.09.2026. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!