AQSH-Xitoy munosabatlaridagi barcha masalalar hal etilmagan, dedi AQSh Savdo vakili Djeymison Grir.
Grir bu haqda Fox Business telekanaliga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin uchrashuvini sharhlash chog‘ida aytib o‘tdi.
"Bugungi kunga kelib biz AQSH-Xitoy munosabatlaridagi barcha muammolarni hal qilganimiz yo‘q. Xitoyda faoliyat yuritayotgan yoki u yerda faoliyat ko‘rsatishga urinayotgan Amerika kompaniyalari bilan bog‘liq ko‘plab hal etilmagan muammolar qolmoqda", - dedi u.
Grirning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ma’muriyatining asosiy maqsadlari noyob tuproq metallarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, Pekinning Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olishini kafolatlash va Xitoy bilan fentanil kontrabandasi muammosini hal qilishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishish edi. "Va biz bularning barchasini uddaladik", dedi savdo vakili.