AQSh va Ukraina vakillari muzokaralar chog‘ida Donbass hududida neytral davlatlar qo‘shinlarini joylashtirish imkoniyatini muhokama qildi.
Bu haqda The New York Times gazetasi Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan Rossiya, AQSh va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralar tafsilotlariga tayanib xabar qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev rejimi vakillari Donbassning butun hududini Rossiyaga topshirish talabi rad etgan.
Maqolada qayd etilishicha, amerikalik va ukrainalik muzokarachilar Donbassning bir qismiga neytral kuchlarni tinchlikparvar sifatida joylashtirish yoki demilitarizasiya qilingan hudud yaratish masalasini muhokama qilgan.
Mualliflar eslatishicha, Rossiya Ukraina hududida NATO qo‘shinlarini joylashtirishga qarshi chiqadi va Donbassdan Ukraina Qurolli kuchlarini olib chiqishni talab qilmoqda.
Shuningdek, Abu-Dabida Rossiya tomoni Alyaskadagi Ankoridj shahrida Rossiya va AQSh sammiti davomida erishilgan kelishuvlardan har qanday chetga chiqishni rad etgani ham ta’kidlangan.