Qozog‘iston Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lish uchun 1 mlrd dollar badal to‘lamaydi. Bu haqda Aqordaning matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aqordaning ma’lumotiga ko‘ra, Tinchlik kengashida ishtirok etish davlatlarning mustaqil qarorlariga asoslanadi. Davlatlar Kengash tarkibiga kirganidan boshlab uch yil a’zo bo‘lishlari mumkin.
— Nizomda yozilgan 1 mlrd dollar miqdoridagi ixtiyoriy badal a’zolik sharti sifatida qaralmaydi. Agar birinchi yilda bunday to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, davlat Kengash tarkibidagi muddatini uch yildan ortiqqa uzaytirishi mumkin. Qozog‘iston Tinchlik kengashiga kirish uchun hech qanday mablag‘ to‘lamagan. Bu Nizom qoidalariga to‘liq mos keladi, — deya izoh berdi Aqorda.