Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

AQSh va Rossiya Zelenskiyga qarshi chiqdi

AQSh va Rossiya Zelenskiyga qarshi chiqdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina taqdiri muhokamasidan chetlashtirildi.

Bloomberg agentligi bugun Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSh muzokaralarini va AQSh hamda Rossiya Federasiyasining ushbu uchrashuvga Ukraina vakillarini taklif qilishga qarshi ekanligini sharhlab, shunday yozadi.

"Rossiya bosqiniga qarshi chiqqani uchun butun dunyoda hurmat qozongan yetakchining vositachidan (Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi) muzokaralar haqida ma’lumot so‘rashi, Donald Trampning o‘tgan hafta Vladimir Putin bilan suhbatidan keyin AQSh diplomatiyasidagi keskin o‘zgarishni ko‘rsatadi. Bu suhbat va ular o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuv istiqboli AQShning yangi ma’muriyati harbiy mojaroni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishishga shoshilayotganidan dalolat beradi," - deb yozadi nashr.

Shu bilan birga, Ukraina prezidenti va Yevropa Trampga ta’sir o‘tkazish va "yo rozi bo‘ling, yo keting" tamoyili asosidagi kelishuvdan qochish yo‘llarini izlamoqda, deb yozadi Bloomberg. Zelenskiy "ultimatum"ni shunchaki rad etsa, bu Ukrainaning eng yirik harbiy ittifoqchisi bo‘lgan AQShni o‘zidan uzoqlashtirishi mumkin.

Kiritildi: 23:24 18.02.2025. O'qildi: 3054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!