AQSh va Rossiya o‘rtasida Ukrainadagi urush bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar bosiq holatga kirib qoldi. Hudud masalasi va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuvga erishilmagan.
Shu bilan birga, AQSh razvedkasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin hali ham butun Ukrainani egallash, shuningdek, ilgari SSSR tarkibida bo‘lgan Yevropa hududlarining bir qismini yana nazorat ostiga olishga intilmoqda, deb hisoblamoqda. Bu haqda Reuters agentligiga AQSh razvedkasi hisobotlaridan xabardor olti manba ma’lum qilgan.
Bu ma’lumotlar Putinning BBC jurnalisti Stiv Rozenbergga bergan intervyusi ortidan paydo bo‘ldi. Unda Rossiya prezidenti Ukrainadan keyin yangi urushlar bo‘lmasligini, agar Rossiyaga hurmat bilan munosabatda bo‘linsa, deb aytgan.