Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh va Rossiya harbiylar o‘rtasida yuqori darajadagi muloqot qayta tiklandi

AQSh va Rossiya harbiylar o‘rtasida yuqori darajadagi muloqot qayta tiklandi

AQSh va Rossiya Ukrainada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida harbiylar o‘rtasida yuqori darajadagi muloqotni qayta tiklashga kelishib oldi. Bu haqda Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.

Bayonotga ko‘ra, o‘tgan hafta Jared Kushner va prezident Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff tomonidan erishilgan samarali va konstruktiv ilgarilash ushbu qarorga zamin yaratgan. Ta’kidlanishicha, mazkur aloqa kanali 2021 yil kuzida, mojaro boshlanishidan oldin to‘xtatilgan edi.

Muloqotning qayta tiklanishi Abu-Dabi shahrida AQSh Yevropa qo‘mondonligi rahbari general Aleks Grinkevich hamda Rossiya va Ukraina yuqori lavozimli harbiy rasmiylari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan so‘ng amalga oshirildi.

Kiritildi: 23:22 05.02.2026. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!