Bu haqda The Jerusalem Post nashri ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff isroillik asirlarning oilalariga hozirda Isroil va AQSh mojaroni yakunlash va asirlarni ozod etish bo‘yicha kelishuv ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.
The Jerusalem Post'ning qayd etishicha, hozirgi bosqichda bu rejani taqdim etish rejalashtirilganmi yoki yo‘qmi hamda u HAMASga nisbatan ultimatumni o‘z ichiga olishi hali noma’lum.
Shu bilan birga, gazeta xabariga ko‘ra, HAMAS Isroil bilan muzokaralarni davom ettirish uchun dastlabki shart sifatida kuniga yuzlab gumanitar yordam yuk mashinalarining G‘azo sektoriga kirishiga ruxsat berishni talab qilmoqda.