AQSh va Isroil islomiy Hamas guruhini chetlab o‘tib, kelajakda G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazmoqchi. Ikki mamlakat hukumatlari va yangi xalqaro jamg‘arma o‘rtasida tegishli kelishuv yakunlanmoqda, deya xabar beradi Axios ikki Isroil rasmiysi va bir amerikalik axborotchiga tayanib.
Taxminan ikki oydirki, Isroil harbiylari blokadadagi G‘azo sektoriga gumanitar yuklarni olib kirishga ruxsat bermayapti. Isroil XAMAS terrorchilarini muhtoj aholiga gumanitar yordamni oshirib yuborilgan narxlarda sotishda va undan tushgan mablag‘ni o‘z jangarilarini moliyalash uchun ishlatishda ayblaydi. Yaqinda xayriya tashkilotlari G‘azoda oziq-ovqat zaxiralari kamayib borayotgani haqida ogohlantirdi.