Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

“Katta xato qilmang!” — Eron Isroilga zarba holatida qat’iy javob va’da qildi

“Katta xato qilmang!” — Eron Isroilga zarba holatida qat’iy javob va’da qildi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) rasmiy vakili general-mayor Ali Muhammad Nainiy Eron yadroviy obektlariga zarba berilgan taqdirda Isroil qattiq javob olishi haqida ogohlantirdi.

"Agar sionistik rejim (Isroil nazarda tutilmoqda - tahr.) bugun o‘z yanglishishida ahmoqlikka qaror qilsa va tajovuz qilsa, u albatta o‘zining zaif va kichik hududi bo‘yicha hal qiluvchi va qat’iy javob oladi," - deya Nainiyning so‘zlarini keltiradi IIQK matbuot xizmati.

21 may kuni CNN telekanali AQSh hukmron doiralaridagi manbalariga tayanib, Isroil Eron yadroviy infratuzilmasiga zarba berishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi. Telekanal suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda bunday zarba ehtimoli sezilarli darajada oshgan. Ehtimol, yahudiy davlati Tehronni Vashington bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda yon berishga majburlash uchun o‘z kuchini ko‘rsatishga urinayotgandir.

Kiritildi: 16:40 22.05.2025. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!