Axios nashri anonim amerikalik amaldorga tayanib xabar berishicha, AQSh va Isroil Eron hududiga zarba berishning taxminiy vaqtini Jenevada o‘tishi rejalashtirilgan Eron–AQSh muzokaralaridan 1 hafta oldin kelishib olgan.
Shuningdek, portalning qayd etishicha, Trampning maxsus vakillari — Jared Kushner va Stiv Uitkoff dastlab Jenevadagi muzokaralar ijobiy natija olib kelishiga ishonmagan.
Shunga qaramay, ular diplomatik jarayon saqlanib qolayotganini Tehronga namoyish etish maqsadida uchrashuvlarda ishtirok etishga qaror qilgan.