Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh va Isroil Eron bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi

AQSh va Isroil Eron bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi

Yuqori martabali Isroil delegasiyasi kelasi hafta boshida AQSh bilan Eron bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha strategik maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun Oq uyga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Bu Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan buyon AQSH-Isroil strategik maslahat guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘ladi. Forum Eron yadro dasturini muhokama qilish uchun muhim.

Isroil delegasiyasiga strategik ishlar vaziri Ron Dermer va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Sachi Xanegbi boshchilik qiladi. Delegasiya tarkibiga Milliy xavfsizlik kengashi, qurolli kuchlar, Mossad, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Atom energiyasi bo‘yicha komissiyaning yuqori martabali vakillari ham kiradi.

Amerika tomonidan muzokaralarda milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uolts, shuningdek, Davlat departamenti, Pentagon va AQSh razvedka hamjamiyatining vakillari ishtirok etadi.

Uchrashuvda nafaqat G‘azodagi vaziyat, balki Isroil va Livan o‘rtasidagi bahsli chegara bo‘yicha muzokaralar ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 04:02 21.03.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!