Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi

AQSh va Eron urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashdi

​Oq uy Eron bilan urushni 30 kun ichida bosqichma-bosqich yakunlash bo‘yicha bir sahifalik memorandumni imzolashiga yaqin qoldi, deb hisoblaydi. Bu haqda Axios nashri o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

​Ushbu hujjat yadroviy dastur bo‘yicha batafsilroq muzokaralar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak. AQSh yaqin 48 soat ichida bir nechta asosiy bandlar bo‘yicha Eronning javobini kutyapti.

​Kelishuv shartlariga ko‘ra, Eron uranni boyitishga vaqtinchalik taqiq joriy etish majburiyatini oladi. Buning evaziga Qo‘shma Shtatlar sanksiyalarni bekor qilishga va Tehronning muzlatilgan milliardlab dollarlik mablag‘larini ochishga rozi bo‘ladi. Shuningdek, har ikki tomon Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tranzit cheklovlarini olib tashlaydi.

​Ikkita manbaning ta’kidlashicha, Eron avvalroq rad etib kelgan yuqori darajada boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqib ketishga rozi bo‘ladi.

​Hozirda uranni boyitish bo‘yicha moratoriy muddati yuzasidan munozaralar davom etmoqda: Tehron 5 yil taklif qilyapti, AQSh esa 20 yilni talab qilib, 12 yilga rozi bo‘lishga tayyorligini bildirgan.

Moratoriy tugagandan so‘ng, Eron uranni faqat past darajada — 3,67 foizgacha boyita oladi. ​Tehron memorandum orqali hech qachon yadroviy qurol yaratishga intilmaslik va qurolga oid hech qanday faoliyat yuritmaslik majburiyatini oladich deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 19:10. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!