Bu haqda Axios nashri vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt AQSh prezidenti Donald Tramp Stiv Uitkoff va Jared Kushnerni Eron bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pokistonga jo‘natganini ma’lum qildi.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Islomobodga faqat Vashingtonda buni zarur deb topishgan taqdirdagina borishi mumkin.
Axios jurnalisti Barak Ravidning manbalarga tayanib xabar berishicha, AQSh va Eron muzokarachilarining uchrashuvi ular pokistonlik vositachilar bilan alohida-alohida gaplashib olganlaridan so‘ng bo‘lib o‘tishi mumkin.
Axios manbalari AQSH, Eron va Pokiston ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv 27 aprel kuni bo‘lib o‘tishi mumkinligini ta’kidladi.