AQSh Adliya vazirligi Shimoliy Karolinadagi Fort-Bregg bazasida xizmat qilgan Gennon Ken Van Daykka nisbatan ayblov xulosasini e’lon qildi. Ushbu shaxs yanvar oyida Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilgan maxfiy operasiya ishtirokchisi bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u xizmat jarayonida ega bo‘lgan yopiq ma’lumotlardan Polymarket birjasida pul ishlash maqsadida foydalangan. Van Dayk 2025 yil 26 dekabr kuni bashoratlar birjasida hisob ochib, Venesuela bilan bog‘liq voqealar uchun jami 13 marta pul tikkan. U amaliyot natijasini avvaldan bilgani sababli, barcha asosiy savollarga "ha" degan javobni belgilagan.
3 yanvar kuni Karakasdagi amaliyot yakunlangach, uning sof foydasi qariyb 410 ming dollarni tashkil etdi. Endilikda harbiyga nisbatan tovar birjalari to‘g‘risidagi qonunni buzganlik bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Agar uning aybi isbotlansa, har bir jinoyati uchun kamida 10 yildan qamoq jazosi berilishi mumkin.