AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning keyingi bosqichi iyun oyining boshida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Bu haqda Al Arabiya telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Uchrashuv Haj mavsumi tugaganidan keyin Pokiston poytaxti Islomobodda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 2026 yilda ziyoratning asosiy marosimlari 25-29 may kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Manbalar, shuningdek, hozirda Vashington va Tehron o‘rtasida yakuniy tinchlik kelishuvi ustida ishlar olib borilayotganini da’vo qilmoqda.
Bundan tashqari, Pokiston armiyasi shtabi boshlig‘i Asim Munir kelasi juma kuni "kelishuvning yakuniy versiyasi"ni taqdim etish uchun Eronga kelishi mumkin.