Bitim Ho‘rmuz bo‘g‘ozining zudlik bilan ochilishini va AQSh tomonidan Eronga qarshi dengiz blokadasi bekor qilinishini nazarda tutadi, deb xabar bermoqda axborot agentliklari Qo‘shma Shtatlar ma’muriyiyatidagi manbalariga tayanib.
Bundan tashqari, Donald Trampning ma’lum qilishicha, Eron yadroviy qurolga egalik qilmaydi. Rasmiy Tehron hozircha bu ma’lumotni tasdiqlagani yo‘q.
"Eronning muzlatib qo‘yilgan mablag‘larini ochish va Tehronga qarshi sanksiyalarni yumshatish “muayyan talablar”ning bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi", — deya Vashington rasmiy vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.
"Memorandum AQSh prezidenti Donald Tramp, vise-prezident Jey Di Vens va Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibof tomonidan elektron shaklda imzolandi", deb xabar berdi Oq uy.
Bitimni rasmiy imzolash marosimi 19 iyunga belgilangan, u Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Jahon bozorlari ushbu xabarlarga o‘sish bilan, neft narxlari esa pasayish bilan munosabat bildirdi.