Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh va BAA birgalikda sun’iy intellekt bo‘yicha harbiy ishchi guruh tuzmoqchi

AQSh va BAA birgalikda sun’iy intellekt bo‘yicha harbiy ishchi guruh tuzmoqchi

Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.

"28 iyul kuni Qo‘shma Shtatlar Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) va BAA harbiy razvedka, infratuzilmani himoya qilish hamda mintaqaviy xavfsizlik uchun sun’iy intellektni rivojlantirish maqsadida ilk ikki tomonlama harbiy SI ishchi guruhi – Task Force Talon Synapse'ni tashkil etmoqda", deyiladi xabarda.

Qo‘mondonlikning ta’kidlashicha, guruh Talon Synapse deb nomlanadi, u Abu-Dabida joylashtiriladi va 20 ga yaqin mutaxassisdan iborat bo‘ladi, loyihaning rasmiy ishga tushirilishi yaqin haftalarda rejalashtirilgan.

Talon Synapse faoliyati razvedkani qo‘llab-quvvatlash, muhim infratuzilmani himoya qilish va mintaqadagi xavfsizlik holatini kuzatish uchun sun’iy intellekt ilovalarini integrasiya qilishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!