The Guardian nashri yozishicha, AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘, jumladan, raketa-perexvatchilarni yetkazib berishni chekladi. Sabab sifatida AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Isroil va Qatarni Eron raketalaridan himoya qilish uchun juda ko‘p snaryadlar ishlatilganini ko‘rsatmoqda.
🔻 Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik hozirda o‘q-dorilar hisob-kitobini qayta ko‘rib chiqmoqda, va bu ayrim turdagi qurollarni ittifoqdoshlarga yetkazishga ta’sir qilmoqda.
🇺🇦 Bu vaziyat Ukraina uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xususan, Ukraina:
HIMARS uchun raketalar,
155 mm artilleriya snaryadlari,
Patriot tizimlari uchun perexvatchilar
va boshqa muhim turdagi qurol-yarog‘lardan mahrum bo‘lishi mumkin.