Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Ukrainadan NATOga a’zolik evaziga Donbassdan chiqishga tayyormi, deb so‘radi

AQSh Ukrainadan NATOga a’zolik evaziga Donbassdan chiqishga tayyormi, deb so‘radi



Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hamkorlar to‘liq xavfsizlik kafolatlarini taqdim etgan taqdirda, bu masalani jamiyat muhokamasiga olib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday paket NATO va Yevropa Ittifoqi kafolatlari, Ukraina armiyasini qurol-yarog‘ va moliya bilan ta’minlash, shuningdek, mamlakatni tiklash uchun mablag‘ ajratishni o‘z ichiga olishi kerak.

Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina o‘z hududlarini bermasligini va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarning uning tarkibiga qo‘shib olinishini tan olish masalasi muhokama qilinmayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:04. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik