"Kiyev va Vashington o‘rtasida imzolangan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim Qo‘shma Shtatlarga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan xarajatlarni qoplashga yordam beradi. Shu bilan birga, AQSh 350 milliard dollar sarflaganidan ham ko‘proq foyda ko‘radi", — dedi Donald Tramp NewsNation yangiliklar tarmog‘i efirida.
Jurnalistning "Qo‘shma Shtatlarning Ukrainadagi ishtiroki Vladimir Putinni mintaqada tiyib tura olarmidi?", degan savoliga javoban Tramp: "Albatta", — deb javob berdi.
"Vashington Kiyevga 350 milliard dollar yoki shunga yaqin miqdorda mablag‘ sarflagan va evaziga “hech narsa olmagan”. Yevropa esa atigi 100 milliard dollarni “qarzga bergan”. Ular ajoyib nodir yer metallariga ega. Men ma’lum minerallarni nazarda tutyapman. Ularda boshqa ko‘plab joylarda yo‘q resurslar bor, bu katta boylik. Biz 350 milliard dollardan ko‘proq foyda keltiradigan kelishuvga erishdik", — dedi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatmoqchi ekanini ta’kidladi.
"Sababi har hafta o‘rtacha 5 ming nafar yosh askar halok bo‘lmoqda: rossiyaliklar va ukrainaliklar. Bu amerikaliklar emas, lekin baribir odamlar. Bu juda qayg‘uli holat". —deya qo‘shimcha qildi Qo‘shma Shtatlar rahbari.