Qo‘shma Shtatlar Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqarib tashladi.
Bu haqda AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan e’lon qilindi.
"Prezident (AQSh) Donald Trampning Suriyaga qarshi sanksiyalarni yengillashtirish haqidagi va’dasiga muvofiq, Davlat departamenti bugun Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatidagi belgidan olib tashladi", deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Hay’at Tahrir ash-Sham terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi. Ushbu qaror Suriya hukumati uchun iqtisodiy rivojlanish va xalqaro savdo imkoniyatlarini ham kengaytiradi.