Qo‘shma Shtatlar Suriyaga harbiy ta’minotga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi.
Bu haqda hukumatning GovInfo onlayn platformasidagi bayonotda e’lon qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti Suriyani mudofaa ta’minoti va xizmatlari uchun lisenziyalar va boshqa ruxsatnomalarni rad etish siyosati qo‘llaniladigan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda.
1 oktyabrdan kuchga kiradigan o‘zgartirishni Davlat kotibining qurol nazorati va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Dinanno ma’qulladi.
Avgust oyida AQSh Suriyani AQShning terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi. Vashington ma’muriyati Davlat departamenti tomonidan tuzilgan ushbu ro‘yxatdagi shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash uchun keng vakolatlarga ega.