AQSh Suriya hududidan o‘z harbiy kuchlarini olib chiqish jarayonini to‘liq yakunlagani ma’lum qilindi.
Bu haqda Suriya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Unda aytilishicha, ilgari AQSh harbiylari joylashgan barcha harbiy bazalar endi Suriya armiyasining to‘liq nazoratiga o‘tgan.
Bayonotda ushbu jarayon mamlakat suverenitetini tiklash yo‘lida muhim qadam ekani ta’kidlangan.