Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Suriyadagi ISHID yetakchisini yo‘q qildi

AQSh Suriyadagi ISHID yetakchisini yo‘q qildi

AQSh qurolli kuchlari Suriya shimolida o‘tkazgan reyd davomida “Islom davlati” terrorchilik guruhi yetakchilaridan birini yo‘q qildi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Bayonotda keltirilishicha, operasiya Suriya shimolidagi Al-Bob shahri yaqinida o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, reyd davomida “ISHIDning yuqori martabali rahbari” hamda uning guruh bilan aloqador bo‘lgan ikki o‘g‘li yo‘q qilingan. Hujjatda ta’kidlanganidek, uchalasi ham "AQSH, koalisiya kuchlari va Suriyaning yangi hukumatiga tahdid solgan".

"Biz ISHID terrorchilari qayerda faoliyat yuritmasin, ularni tinimsiz ta’qib qilishda davom etamiz", dedi AQSh qurolli kuchlari rahbari Maykl Kurilla. “Bizning hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan birgalikda AQSh Markaziy qo‘mondonligi mintaqaga, ittifoqchilarimizga va vatanimizga tahdid solayotgan ISHID terrorchilarining bardavom mag‘lubiyati tarafdori”, - dedi u.

Kiritildi: 08:15 26.07.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!