Qo‘shma Shtatlar okrug sudyasi Paula Ksinis Donald Tramp ma’muriyatiga Salvadorga xatolik tufayli deportasiya qilingan va u yerda qamoqqa olingan Merilend shtatida istiqomat qiluvchi Kilmar Abrego Garsiani 7 aprel kuni kechgacha mamlakatga qaytarishga ko‘maklashishni buyurdi, deya xabar bermoqda Reuters va AP agentliklari.
Garsia Salvadordan kelgan muhojir bo‘lib, Qo‘shma Shtatlarda qonuniy yashagan va ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan. Garsia jinoiy guruhlar bilan aloqador deya gumonlanib, mart oyida samolyotda deportasiya qilingan edi.
Vashington ma’muriyati endi salvadorlik muhojirni mamlakatga qaytarish uchun qonuniy vakolatga ega emasligini ta’kidlamoqda. 29 yoshli Salvador fuqarosining advokatlari bunga e’tiroz bildirishmoqda. "Tramp ma’muriyati vakillari, Garsiani Salvadorga jo‘natishdi, demak ular uni Qo‘shma Shtatlarga qaytarishlari ham mumkin", — deya ta’kidladi Quinn Emanuel kompaniyasi huquqshunosi Endryu Rossman.
Oq uy oxir-oqibat deportasiyani "ma’muriy xato" deya atadi. Garsia 2011 yilda Salvadordan qochib ketgan. Bu yerda u va uning oilasiga mahalliy jinoiy guruhlar tahdid qilishgan edi.