Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh sudi “Amerika Ovozi” xodimlarini ishdan bo‘shatishni vaqtincha to‘xtatishni buyurdi

AQSh sudi “Amerika Ovozi” xodimlarini ishdan bo‘shatishni vaqtincha to‘xtatishni buyurdi

Federal sudya Pol Otken Donald Tramp ma’muriyatiga “Amerika Ovozi”ning (Voice of America) yopilishi jarayonini to‘xtatishni buyurdi.

"Ma’muriyat Kongress tomonidan moliyalashtirilgan “Amerika Ovozi” va unga bog‘liq dasturlarni bir tomonlama to‘xtata olmaydi. Shuningdek, moliyalashtirishni to‘xtatish qarorini ham Kongress tasdiqlashi kerak", deya sud qaroridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi.

Sud qarorida “Amerika Ovozi” ishini qayta tiklash talabi mavjud emas, biroq xodimlarni ishdan bo‘shatishni taqiqlovchi band bor. Bu taqiq sud ushbu ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarguncha amal qiladi. Sud, xususan, “Amerika Ovozi” yopilishi “asosli yoki o‘zboshimchalik bilan” amalga oshirilganini tekshiradi.

“Amerika ovozi” xodimlari 31 martdan boshlab mehnat shartnomalari bekor qilinishini bildirgan xatlar olgach, AQSh konstitusiyasidagi so‘z erkinligi huquqining buzilishi yuzasidan sudga da’vo arizasi topshirgan edi.

14 mart kuni Tramp yetti federal agentlik xodimlari sonini maksimal miqdorda qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Ushbu agentliklar qatoriga “Amerika Ovozi” va “Ozodlik radiosi” faoliyatini nazorat qiluvchi AQSh Global Media Agentligi (USAGM) ham kiradi.

Bundan avval boshqa bir sudya “Ozodlik radiosi”ni yopish jarayonini to‘xtatish haqida qaror chiqargan edi.

Kiritildi: 12:24 29.03.2025. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!