Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi (IIQK) Hormuz bo‘g‘ozi to‘liq Eron nazorati ostida ekanini ma’lum qildi. Bayonotga ko‘ra, Fors ko‘rfazida dushmanning birorta ham harbiy kemasi qolmagan va ular bo‘g‘ozdan kamida 400 km uzoqlikka chekingan.
IIQK agar AQSh g‘ov bo‘lishni to‘xtatib, o‘zaro anglashuv memorandumiga qaytsagina, kelishilgan tartiblar doirasida bo‘g‘oz orqali kemalar harakatini qayta tiklash mumkinligini bildirgan.