Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.
68 nafar senator qonun loyihasini yoqlab, to‘qqiz nafari qarshi ovoz berdi.
Agentlikning qayd etishicha, Vakillar palatasi ushbu hujjatni sentyabr oyida ko‘rib chiqishi mumkin.
Qonun loyihasi AQSh prezidentiga Rossiya nefti va tabiiy gazining eng yirik beshta xaridoriga, shuningdek, Rossiyaga energetik sanksiyalarni aylanib o‘tishda eng ko‘p ko‘maklashayotgan beshta mamlakatga qarshi bojlar joriy etish vakolatini beradi.
Oq uy rahbari ularga nisbatan 100 foiz miqdorida qo‘shimcha boj kiritishi mumkin bo‘ladi.
Xitoy va Hindiston asosiy potensial nishonlar hisoblanadi. Bundan tashqari, hujjat AQShga import qilinadigan Rossiya tovarlariga 500 foizlik boj belgilash imkoniyatini ham nazarda tutadi.