AQSh Senati Pem Bondini Adliya vazirligi rahbari etib tasdiqladi.
Uning nomzodi yuqori palata tomonidan 54 ovoz bilan ma’qullandi (46 qarshi ovoz), faqat bitta demokrat, Pensilvaniya shtatidan senator Jon Fetterman ovoz berishda barcha respublikachilarga qo‘shildi, deb xabar berdi CBS News.
Shu oy boshida Senatning Adliya qo‘mitasida o‘tkazilgan nomzodini tasdiqlash tinglovida Bondi vazirlikni “siyosiylashtirilmasligi”ni va “adolat butun mamlakat bo‘ylab xolislik bilan amalga oshirilishini” aytdi. Senatning qonun qo‘mitasi uning nomzodini Senat ko‘rib chiqishdan oldin 10 ovozga qarshi 12 ovoz bilan maqulladi.
“Agar tasdiqlansa, men Adliya vazirligiga va uning har bir tarkibiy qismiga ishonchni tiklashga harakat qilaman. Amerikada hamma uchun adolatning bir hil darajasi bo‘ladi», – dedi Pem Bondi.
Bosh prokuror sifatida Bondi bir nechta huquqni muhofaza qilish idoralarini, jumladan Federal qidiruv byurosi va alkogol, tamaki, o‘qotar qurollar va portlovchi moddalar byurosini o‘z ichiga olgan keng bo‘limni boshqaradi.
Bondi, shuningdek, sobiq maxsus maslahatchi Jek Smit boshchiligidagi Tramp bilan bog‘liq federal ishlarni tekshirish vakolatiga ega. Adliya vazirligining amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka tortmaslik siyosati tufayli Trampga qarshi ikkita jinoiy ish to‘xtatildi.
Pem Bondi Tramp ma’muriyatining tasdiqlagan 10-yuqori amaldori bo‘ldi.