Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Senati Eron bilan urushni yakunlash to‘g‘risidagi rezolyusiyani 6-marta rad etdi

AQSh Senati Eron bilan urushni yakunlash to‘g‘risidagi rezolyusiyani 6-marta rad etdi

Qo‘shma Shtatlar Kongressi Senati, prezident Donald Tramp ma’muriyatiga Eron bilan urushni to‘xtatish va Kongress keyingi harakatlarga ruxsat bermaguniga qadar qo‘shinlarni nizo hududidan olib chiqib ketishni talab qiluvchi rezolyusiyani rad etdi.

Associated Press xabariga ko‘ra, demokratlar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatning qabul qilinishini yoqlab 47 nafar senator ovoz bergan, 50 nafari esa unga qarshi chiqqan. Qayd etish joizki, Senatdagi ko‘pchilik o‘rin Respublikachilar partiyasi vakillariga tegishli.

Demokratlar Eron bilan urushni noqonuniy va keraksiz deb hisoblaydi. Ular to urush tugamaguniga qadar Senatda ovoz berish jarayonlari o‘tkazilishiga va’da berishdi.

Kiritildi: Bugun 19:55. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!