Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh savdo vaziri Jeffri Epshteynga qarashli orolga borganini tan oldi

AQSh savdo vaziri Jeffri Epshteynga qarashli orolga borganini tan oldi

Bu haqda Hovard Lyutnik Senatdagi eshituvlarda ma’lum qildi, deb yozmoqda The Insider.

Vazir 2005 yilda, Epshteyn bilan uchrashganida moliyachi unda o‘ta noxush taassurot qoldirganini, keyin u bilan biror marta ham bir xonada bo‘lmaganini aytgan edi.

Ma’lum qilinishicha, AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan yozishmalarda aksincha, bir necha yil o‘tib Lyutnik Epshteynning orolida tushlik tashkil qilgani keltirilgan. Mazkur orolda voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etilgani aytilmoqda.

Merilend shtati demokrati Kris Van Xollenning so‘zlariga ko‘ra, muammo ehtimoliy noqonuniy xatti-harakatlarda emas, balki Lyutnik Epshteyn bilan aloqalari aslida qanday bo‘lganini buzib ko‘rsatganida. Xollen vazir bu harakati bilan o‘zining lavozimga munosibligini shubha ostiga qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!