Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ygan, biroq hozircha ularni joriy etmayapti

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ygan, biroq hozircha ularni joriy etmayapti

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlab qo‘ygan, biroq hozircha ularni joriy etmayapti. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Nashrga anonimlik sharti bilan izoh bergan manbalarning aytishicha, Vashington Moskvaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni tayyorlab qo‘ygan, ammo hozircha bu cheklovlar qabul qilinishi kutilayotgani haqida aniq belgilar yo‘q.

O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik kelishuvi muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda joriy etilishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalarni tayyorlayotgani haqida yozgan edi. Unga ko‘ra, variantlar orasida Rossiya neftini tashiyotgan tankerlarning “soya floti” kemalarini ta’qib qilish, shuningdek, bunday operasiyalarga ko‘maklashayotgan treyderlarga qarshi choralar ko‘rish ham bor.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operasiyasi boshlanishi sanasiga bog‘lab e’lon qilinishi rejalashtirilgan yangi sanksiyalar paketini tayyorlagan. Hozircha YEIning 20-sanksiyalar paketini qabul qilish kechiktirilmoqda, biroq Yevrokomissiya uni istalgan kunda tasdiqlashi mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!