Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirmoqda

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyani kuchaytirmoqda

Kecha AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya moliya institutlari bilan energiya uchun to‘lov amalga oshirishga ruxsat beruvchi lisenziya muddati tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kazinform” agentligi “Global Banking” xizmatiga tayanib yozgan.

G‘aznachilik vakili so‘zlariga ko‘ra, rejalashtirilganidek, “8L bosh lisenziyasi” 12 mart kunidan kuchini yo‘qotgan. Endi “Sberbank”, VTB va RF Markaziy banki AQSh to‘lov tizimiga kira olmaydi. Bundan tashqari “Gazprom neft” va “Surgutneftegaz” energetika kompaniyalari, shuningdek Rossiya neftini tashuvchi 183 kema, jumladan G‘arbga qarashli bo‘lmagan kompaniyalar tomonidan boshqariladigan eskirgan tankerlar xufiya floti bilan ham dollar amaliyoti taqiqlanadi.

Energetika siyosati bo‘yicha tadqiqot guruhi “ClearView Energy Partners” ruxsatnoma muddati tugashi ba’zi uchinchi davlatlar jarayon qiyinlashishi munosabati bilan, ehtimol, RF nefti xaridini to‘xtatishi mumkinligini taxmin qildi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden ma’muriyati 2022 yil fevralda neft narxi global miqyosda oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun energiya amaliyoti bo‘yicha lisenziya joriy etgan.

Avvalroq Rossiya tomoni harbiy harakatni to‘xtatish bo‘yicha taklifga roziligi, biroq muayyan shartlari borligi haqida xabar qilgan.

Kiritildi: 16:04 14.03.2025. O'qildi: 463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!