Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Rossiyaga qarshi harakat qilishning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganadi

AQSh Rossiyaga qarshi harakat qilishning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini o‘rganadi

AQSh rasmiylari shu hafta davom etayotgan Rossiya-Ukraina urushi munosabati bilan Moskvaga qarshi harakat qilishning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini juda "yaqindan ko‘rib chiqishni" rejalashtirmoqda.

Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Fox Business nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"O‘ylaymanki, prezident Donald Tramp bilan barcha variantlar muhokama qilinadi va biz bu hafta ularni diqqat bilan ko‘rib chiqamiz", — dedi u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatini izohlar ekan.

Bessentning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaga qarshi chora ko‘rish variantlarini ko‘rib chiqish qarori Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Trampning Alyaskadagi uchrashuvidan so‘ng Moskva Ukraina hududiga zarbalarni kuchaytirgani bilan bog‘liq.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!