Qo‘shma Shtatlar, Rossiya va Ukraina delegasiyalari Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlar davomida harbiy harakatlarni to‘xtatish yo‘llari va sulhni monitoring qilish mexanizmini muhokama qilishdi.
Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
"Ikki kun davomida delegasiyalar sulhni amalga oshirish usullari va harbiy harakatlarning to‘xtatilishini monitoring qilish kabi qolgan masalalar bo‘yicha keng muhokamalar o‘tkazdilar", deyiladi nashrda.