AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens Rossiya-Ukraina mojarosi olti oy ichida hal etilishiga umid qilishini aytdi.
Bu haqda AQSh vise-prezidenti NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bizda qon to‘kilishini to‘xtatish uchun faol diplomatiya olib borayotgan prezidentimiz bor. Shunday bo‘lishi kerak. Menimcha, amerikaliklar bundan faxrlanishi kerak. Oqibati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, urush uch oy yoki olti oy ichida tugaydi, umid qilamanki, bizda qon to‘kilishini to‘xtatishga harakat qilayotgan prezidentimiz borligidan faxrlanishimiz kerak", - dedi u.