AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha G7 kommyunikesining Rossiya bilan mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralarga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Bu haqda New York Times manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Tramp ma’muriyati rasmiylari AQShning sobiq yetakchisi Jo Bayden davrida e’lon qilingan bayonotdan boshqacharoq va qisqaroq narsani xohlashlarini ta’kidladilar , shuningdek, hujjat Rossiya bilan davom etayotgan muzokaralarga xalaqit bermasligini ta’minlashni xohlashdi”, — deya yozadi gazeta.