Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainadagi inqirozni hal qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonida Rossiya bilan muzokaralarda haqiqiy muvaffaqiyatga erishilishini kutmoqda. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff ma’lum qildi.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida Uitkoff shunday dedi: "Men ishonamanki, 24 mart kuni Saudiya Arabistonida, xususan, Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish masalasida haqiqiy taraqqiyot ko‘rinadi. Shundan so‘ng, tabiiyki, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga harakat bo‘ladi" - dedi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning xabar berishicha, 24 mart, dushanba kuni Ar-Riyodda Ukraina bo‘yicha rossiyalik va amerikalik ekspertlar o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.