Bugun 18 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh Rossiya bilan bog‘liq ikkita neft tankerini metallolomga sotdi

AQSh Rossiya bilan bog‘liq ikkita neft tankerini metallolomga sotdi

AQSh hukumati Rossiya bilan aloqador bo‘lgan va xalqaro sanksiyalarni buzganlikda ayblanib musodara qilingan ikkita neft tankerini utilizasiya qilish (metallolom) uchun sotib yubordi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Gap "Era" va "Lileo" nomli kemalar haqida ketmoqda. Ular Dubayda joylashgan kompaniyaga sotilgan bo‘lib, butunlay qismlarga ajratib tashlanishi uchun Hindistonning Alang kemasozlik verfiga yuborilgan. Ikkala tanker ham joriy yilning boshida AQShning Venesuela qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz operasiyasi davomida qo‘lga olingan edi. Ular sanksiyalarni aylanib o‘tib, noqonuniy neft tashish bilan shug‘ullangan "yashirin flot"ning bir qismi hisoblanadi.

Musodara qilingan kemalarning kamida bittasi Rossiya bayrog‘i ostida suzgan. O‘shanda kemalar hibsga olinganidan so‘ng, Moskva rasmiy Vashingtonni xalqaro dengiz huquqi normalarini buzishda, "noqonuniy kuch ishlatish harakati" va kemalar qatnovi erkinligini cheklashda ayblab, keskin norozilik bildirgan edi.


Kiritildi: 18:10 11.08.2026. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!