Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

AQSh razvedkasi: "Fordoga beriladigan zarba Eronni yadroviy qurol yaratishga undaydi"

AQSh razvedkasi: "Fordoga beriladigan zarba Eronni yadroviy qurol yaratishga undaydi"

Amerika razvedka agentliklarining fikricha, agar Qo‘shma Shtatlar Eronning Fordodagi uranni boyitish bo‘yicha yer osti inshootiga zarba bersa, Tehron yadro quroli yaratishni boshlashi mumkin.

Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.

Ularning fikricha, Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning Isroil tomonidan o‘ldirilishi ham Eronni yadro quroli yaratishga undashi mumkin. Nashrning qayd etishicha, AQSh razvedka idoralari Tehron hozircha yadroviy bomba yaratish bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan deb hisoblaydi.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt, Vashington ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, Eron rahbariyati shunday qaror qabul qilsa, “bir-ikki hafta” ichida yadroviy qurol yaratish imkoniyatiga ega ekanligini aytdi.

Joriy yilning mart oyida AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard Amerika razvedka idoralari Tehronning yadroviy qurol yaratish ustida ishlayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini aytdi. Shuningdek, uning ma’lumotlariga ko‘ra, Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy 2003 yilda to‘xtatilgan yadroviy qurol yaratish dasturini qayta tiklashga sanksiya qo‘ymagan. Shu bilan birga, Gabbard AQSh razvedka hamjamiyati Islom Respublikasining yadro sohasidagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 10:11 20.06.2025. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!