Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimlari zamonaviy tahdidlar oldida ojiz qolmoqda

AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimlari zamonaviy tahdidlar oldida ojiz qolmoqda

Bu haqda Pentagon manbasi xabar berdi.

Mamlakat mudofaa vaziri yordamchisi Mark Berkovis Senatdagi eshituvlar chog‘ida Qo‘shma Shtatlarning amaldagi himoya tizimi imkoniyatlari cheklanganidan ogohlantirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gipertovushli qurollar, murakkab qanotli raketalar yoki keng ko‘lamli ballistik hujumlardan himoyalanish darajasi minimal ko‘rsatkichga tushib qolgan.

"Hozirda raketaga qarshi mudofaa tizimimiz cheklangan, ilg‘or tahdidlar paydo bo‘lishi fonida uning samaradorligi pasaymoqda", — dedi Berkovis.

Vazir yordamchisi mavjud vaziyatda Prezident Tramp tomonidan va’da qilingan "Oltin gumbaz" (Golden Dome) tizimini yaratish AQShning muhim manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!