AQSh Qurolli kuchlari Birlashgan shtabida xizmat qiluvchi harbiylar va fuqarolik xodimlari jurnalistlarga ma’lumot sizib chiqishi bo‘yicha tergov doirasida poligraf tekshiruvidan o‘tkazildi.
Bu haqda manbalarga tayanib, Amerikaning The New York Times gazetasi xabar berdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar qariyb 50 nafar xodimni qamrab olgan.
"AQSh hukumati tergovchilari favqulodda choraga qo‘l urib, Qurolli kuchlar Birlashgan shtabining qariyb 50 nafar xodimini poligraf tekshiruvidan o‘tkazdi..." — deyiladi xabarda.