Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh prezidenti Nyu-Yorkda bir qator musulmon davlatlari yetakchilari bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni yakunlash rejasini taqdim etgan

AQSh prezidenti Nyu-Yorkda bir qator musulmon davlatlari yetakchilari bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni yakunlash rejasini taqdim etgan

AQSh prezidenti Nyu-Yorkda bir qator musulmon davlatlari yetakchilari bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni yakunlash rejasini taqdim etgan.

Bu haqida Al Hadath xabar berdi.

Telekanalning manbalariga tayanib xabar berishicha, ushbu rejada quyidagi bandlar mavjud:

◾️ HAMAS 48 soat ichida barcha isroillik tirik asirlar va o‘lganlarning jasadlarini Isroilga topshiradi;

◾️ Isroil minglab falastinlik mahbuslarni, jumladan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 100–200 mahbusni ozod qiladi;

◾️ G‘azo sektoriga Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro tashkilotlar orqali gumanitar yordam taqdim etiladi, G‘azodagi gumanitar jamg‘arma yopiladi;

◾️ HAMAS qurollarini arab davlatlari va xalqaro kuchlarga topshiradi;

◾️ Qo‘shma Shtatlar Isroil tomonidan G‘arbiy sohilni anneksiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi;

◾️ Isroil o‘z qo‘shinlarini G‘azodan bosqichma-bosqich chiqaradi va sektor atrofida xavfsizlik hududini yaratadi;

◾️ HAMAS yetakchilariga G‘azo sektoridan chiqib ketish evaziga amnistiya taklif etiladi;

◾️ G‘azo sektorida vaqtinchalik hukumatni shakllantirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Sektor dastlab xalqaro organ tomonidan nazorat qilinadi, keyinchalik boshqaruv falastinliklardan iborat qo‘mita qo‘liga o‘tadi.

Kiritildi: 17:40 27.09.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!