Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh prezidenti “Alkatras” qamoqxonasi qayta ochilishini ma’lum qildi

 AQSh prezidenti “Alkatras” qamoqxonasi qayta ochilishini ma’lum qildi

"Avvallari eng xavfli jinoyatchilarni ular zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan odamlardan uzoqlashtirishdan, qamoqxonalarga tashlashdan hech qanday xijolat tortmasdik. Aslida ham shunday bo‘lishi ham kerak", – deb yozgan Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u qamoqxonalar byurosiga “Amerikaning eng shafqasiz jinoyatchi va residivistlarini joylashtirish uchun” “Alkatras”ni qayta ochish va ta’mirlashni buyurgan. Biroq post e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan brifingda “Alkatras”ni qayta ochish "bu shunchaki g‘oya" ekanini aytgan.

AQSh Kongressi vakillar palatasi vakili va sobiq spikeri, demokrat Nensi Pelosi Trampning “Alkatras” qamoqxonasi haqidagi gaplarini "jiddiy emas" deb atadi. Xususan, Pelosi “Alkatras” bir necha o‘n yillar davomida mashhur sayyohlik maskani bo‘lib kelganini eslatdi.

Ma’lumot uchun, “Alkatras” qamoqxonasi 1963 yil 21 martda yopilgan. Bunga orolda mahbuslarni saqlash xarajatlari juda yuqoriligi sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 13:14 05.05.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!