Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh Patriot tizimlarini imkon qadar tezroq yetkazib berishi kerak — Germaniya mudofaa vaziri

AQSh Patriot tizimlarini imkon qadar tezroq yetkazib berishi kerak — Germaniya mudofaa vaziri

"Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlarini topshirishi mumkin bo‘lgan davlatlar o‘z zaxiralari o‘rniga yangi tizimlarni imkon qadar tezroq, bir necha oy ichida olishlari kerak", — dedi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Der Spiegel nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO bu masalada Qo‘shma Shtatlardagi ishlab chiqaruvchilarga murojaat qilishi lozim.

"Germaniya NATO oldidagi majburiyatlarini bajara olishi, shuningdek, bizning hamda ittifoqchilarimiz xavfsizligiga tahdid soladigan jiddiy bo‘shliqlar bo‘lmasligi juda muhim", — deya ta’kidladi Pistorius.

Der Spiegel'ning yozishicha, Germaniya uchun mo‘ljallangan Patriot faqat taxminan sakkiz oy ichida ishlab chiqariladi. Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyadan tashqari, Norvegiya, Shvesiya va Niderlandiya ham Ukrainaga beriladigan besh dona Patriot tizimini moliyalashtirishga tayyor ekanini bildirgan. Biroq qaysi davlatlar bu tizimlarni Kiyevga yetkazib beradi — bu borada hali yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.

Donald Tramp 14 iyul kuni Yevropa davlatlari Qo‘shma Shtatlardan qurol xarid qilishi va uni Ukrainaga topshirishi bo‘yicha kelishuv tuzilganini e’lon qilgan edi. Germaniya kansleri Fridrix Mers Oq uy rahbariga Ukrainaga Patriot'ning ikki batareyasini sotib olishni taklif qilgan.

Vashingtonning rejaaiga ko‘ra, Yevropadagi ittifoqchilar o‘z zaxiralaridan Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini topshiradi, o‘rniga esa keyinroq yangilari yetkazib beriladi. Biroq yangi tizimlar yaqin orada tayyor bo‘lmaydi.

Kiritildi: 21:02 23.07.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!