AQSh armiyasi Patriot raketa tizimida ishlatiladiganlarga qaraganda ancha arzonroq bo‘lgan yangi tutuvchi raketalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
The Wall Street Journal xabar berishicha, AQSh armiyasi kotibi Deniyel Driskoll bu haqda e’lon qildi.
Nashrga ko‘ra, Patriot tizimi uchun bitta PAC-3 raketasining narxi 4,4 million dollarga yetishi mumkin. AQSh tomoni yangi tutuvchi raketaning bir birligi uchun 250 000 dollardan kamroqqa tushishini kutmoqda.
Driskollning ta’kidlashicha, AQSh armiyasi bunday tutuvchi raketani noldan yaratish imkoniyatini baholash niyatida, hukumat intellektual mulk huquqlarini saqlab qoladi, shundan so‘ng ishlab chiqarish uchun pudratchi yollanishi mumkin.
Loyiha kelgusi haftalarda rasman ishga tushirilishi kutilmoqda. Yangi texnologiyaning namoyishi shu yil oxirida rejalashtirilgan.
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlari Eronga qarshi harbiy operasiyalar paytida 1500 dan 2000 gacha Patriot, THAAD va Standard Missile raketalaridan foydalangan.