WP nashrining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar universitetlari Tramp tomonidan migrasiya siyosatining kuchaytirilishi ortidan xorijlik talabalar soni kamaygani sababli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, universitetlar o‘z xarajatlarini tobora ko‘proq qisqartirishga majbur bo‘lmoqda, chunki odatda mahalliy aholiga qaraganda o‘qish uchun ancha ko‘p pul to‘laydigan chet ellik talabalar soni kamayib ketgan.
Shu bilan birga, Prinston universiteti o‘tkazgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, xorijlik talabalar universitet va kollejlar daromadlarining 12 foizini, ayniqsa chet ellik talabalarga ko‘proq qaram bo‘lgan ba’zi oliy o‘quv yurtlarida esa 30 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi.