Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh neft zaxirasi 1982 yildan buyon eng past darajaga tushdi

AQSh neft zaxirasi 1982 yildan buyon eng past darajaga tushdi

AQShning strategik neft zaxiralari qariyb 44 yil ichidagi eng past darajaga tushdi.

Bu haqda AQSh Energetika vazirligi huzuridagi Energetika axboroti boshqarmasi (EIA) ma’lumotlarida qayd etilgan. EIA 2026 yilda strategik neft zaxirasidan foydalanish bo‘yicha choralar amalga oshirilganini ham qayd etgan.

21 avgustda yakunlangan hafta natijalariga ko‘ra, AQSh strategik neft zaxiralari hajmi 289,7 million barrelni tashkil etdi.

So‘nggi marta bu ko‘rsatkich bundan ham past darajada 1982 yil noyabr oyi oxirida qayd etilgan edi. O‘shanda AQSh strategik zaxiralarida 288,156 million barrel neft qolgan.

Kiritildi: 21:48 24.08.2026. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!