Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh muhojir bolalar uchun yuridik yordamni cheklaydi

AQSh muhojir bolalar uchun yuridik yordamni cheklaydi

Qo‘shma Shtatlar mamlakatga ota-onasiz kelgan immigrant bolalar uchun missiya moliyalashtirilishini qisqartirdi. Bu haqda Prezident Donald Tramp ma’muriyati xabar berdi.

Bayonotda immigrasiya sudida yuridik vakillik qilish, huquqiy maslahat va voyaga yetmaganlarga qonuniy huquqi bo‘yicha ta’lim berish uchun ajratiladigan mablag‘ni kamaytirishga chaqirilgan.

Mazkur qaror shtatlarga ota-ona hamrohligisiz kelgan 26 000 migrant bolaga taalluqli ekani aytilmoqda.

Qochqinlarni qayta joylashtirish boshqarmasi har yili notijorat tashkilotlarga immigrasiya sudida kuzatuvsiz bolalar vakilligini moliyalashtirish uchun minglab dollar ajratardi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp dpvlat rahbari sifatida ish boshlagan kuniyoq Jo Bayden davrida kiritilgan “xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik” siyosatini bekor qildi. Keyinchalik qonuniy immigrasiyani ta’minlovchi “CBP One” dasturi yopilishini e’lon qildi.

Oq uy rahbari Guantanamo qamoqxonasida 30 ming kishiga mo‘ljallangan, mamlakatga noqonuniy kirgan “jinoyatchi muhojirlar”ni hibsda saqlash uchun bino tayyorlashni buyurdi. Mudofaa vaziri Pit Xegset ushbu muassasani “migrantlar uchun ideal joy” deb atagan.

Kiritildi: 09:49 21.02.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!